Mijozlar uchun yagona onlayn chat

Veb-chat xabarlarini CRM’da qabul qiling. Mijoz brauzerda yozadi, operator murojaatdan javob beradi, tarix esa jamoada saqlanadi.

Bepul Baholar yo‘q 23

Skrinshotlar

Tavsif

Tashqi chat sayt tashrifchisini REGOS operatorlari bilan bog‘laydi. Xabarlar CRM murojaatiga tushadi, javoblar mijoz chatiga qaytadi. Sarlavha, ko‘rinish va chat ochilganda ism, telefon yoki email so‘rashni sozlash mumkin. Saytga chatni joylashtirishni sayt administratori bajaradi.

Ulash tartibi

  1. CRM kanali va kerak bo‘lsa mas’ul xodimni tanlang.
  2. Sarlavha va aloqa maydonlarini sozlang.
  3. Integratsiya veb-interfeysini oching; saytga joylashtirish uchun manzilini sayt administratoriga bering.
  4. Sinov xabarini yuboring va CRM’dan javobni tekshiring.

Baholar va fikrlar

Hozircha fikrlar yoq. Birinchi bolib fikr qoldiring!