Xaridlarni optimallashtiring: faqat tez sotiladigan mahsulotlar, ortiqcha qoldiq yo‘q, aniq tahlil va kelgusi talab prognozi.
299 000 so‘m/1oy (7 kun bepul)
Faqat yuradigan (tez sotiladigan) mahsulotlarni xarid qilishga yordam beradigan, ortiqcha qoldiqlardan qutqaradigan, OOS (Out of Stock – omborda qolmagan) tufayli yo‘qotishlarni kamaytiradigan vosita. Shuningdek, siz yetkazib beruvchingizdan qaysi mahsulotlar yaxshi sotilayotganini va qaysilari ZAXIRADA QOLIB KETGANINI aniq ko‘rasiz.
Yetkazib beruvchi nomini kiriting va uning bo‘yicha so‘nggi xaridlarni hamda shu yetkazib beruvchidan kelgan BARCHA mahsulotlar bo‘yicha davr kesimida tahliliy ma’lumotlarni oling. Tanlangan davr uchun xarid qilingan miqdor va summalarni, sotilgan miqdor va summalarni, shuningdek, keyingi 30 kun uchun taxminiy kerakli miqdorni (kundalik o‘rtacha sotuv asosida) olasiz.